<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov</author>
<lyrics>[V1]
 Rabbimda quvoning
 Shod boʻlsin dillar
 Otamiz ulugʻlab
 Kuylasin tillar
 Uning Sevgisidan
 Yashnaydi ellar
 Ellar ulugʻlasin
 Ota Xudoni
 Biz uchun Najotkor
 Rabbim Isoni!

[V2]
 Oʻrgandik odamni
 Sevish qarz ekan
 Qalbi toza boʻlsa
 Inson bir chaman
 Kalomini olib
 Mahkam quchaman
 Dillar ulugʻlasin
 Ota Xudoni
 Biz uchun tirilgan
 Rabbim Isoni!

[V3]
 Usiz yaralmagan
 Biror narsa yoʻq
 Usiz endi koʻnglim
 Boʻlolmaydi toʻq
 Rabbimni kalomi
 Qalbimda bir choʻgʻ
 Tillar ulugʻlasin
 Ota Xudoni
 Biz uchun madadkor
 Rabbim Imoni!

[V4]
 Otaga yagona
 Yoʻldir bir Oʻzi
 Jannatga yetaklar
 Har aytgan soʻzi
 Bugun sizu menga
 Tikilgan koʻzi
 Ellar ulugʻlasin
 Ota Xudoni
 Bizni kutayotgan
 Rabbim Isoni!</lyrics>
<title>Ellar ulugʻlasin</title>
</song>